06:40 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
202 0 0

Hafta davomida juda iliq va kam bulutli bahoriy ob-havo kuzatiladi. Juma kuniga kunduz kuni 14-17 darajagacha iliqlashadi.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Oʻzgidromet fevralning birinchi haftasida kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Hafta davomida juda iliq va kam bulutli bahoriy ob-havo boʻladi. Juma kuniga kunduz kuni 14-17 darajagacha iliqlashadi.

Bugun respublikaning koʻpchilik viloyatlarida meʼyorga yaqin boʻlgan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomgʻir yogʻishi ehtimoli saqlanib turadi. Havo harorati oxirgi kunga nisbatan pasayadi va 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida boʻladi.

Ish haftasining oxirigacha yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechalari harorat 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq atrofida boʻladi, juma kuni 14-17 daraja iliqqacha koʻtariladi.

Hafta davomida respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi saqlanib turadi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, Oʻzgidromet, ob-havo

Asosiy mavzular