01:09 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
552 0 0

Rossiya Oʻzbekistonga qator jinoyatlarda ayblanayotgan 10 nafar fuqaroni topshirdi. Ular orasida xavfli retsidivist ham bor.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Rossiya Oʻzbekistonga mulkka qarshi hamda giyohvand moddalari savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarda ayblanayotgan 10 nafar fuqaroni topshirdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ular turli vaqtlarda Rossiya hududida qoʻlga olingan. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Rossiya tomoniga ularni topshirishga oidga tegishli soʻrovlarni yoʻllagan. Rossiya tomoni oʻz navbatida soʻrovlarni qanoatlantirgan. Maxsus posbonlar hamrohligida jinoyatchilar Toshkentga olib ketilgan.

Oʻzbekistonga joʻnatilganlar orasida firibgarlik yoʻli 27 ming dollarni oʻzlashtirgan Aʼzamxon Tojixoʻjayev, ishga kiritib qoʻyish bahonasi bilan 19 kishini chuv tushirgan Tolib Siddiqov ham bor.

Shuningdek, Rossiya Bosh prokuraturasi Oʻzbekistonga xavfli retsidivist Baxtiyor Mashrapovni joʻnatgan. U Fargʻonada firibgarlik yoʻli bilan birovning 1450 dollarini oʻzlashtirgani uchun sudlangan. Unga 2 yil 11 oy 8 kun ozodlikdan cheklash va 25 836 000 soʻm miqdorda jazo tayinlangan.

Mashrapov jazoni oʻtashdan bosh tortgani uchun uning oʻtalmagan jazo qismi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan. Shundan keyin u xalqaro qidiruvga berilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya maxsus reys bilan Oʻzbekistonga jinoiy javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish uchun 56 nafar fuqarolarni joʻnatgan edi.

Teglar:
Bosh prokuratura, jinoiy javobgarlik, jinoyatchi, Oʻzbekiston, Rossiya

Asosiy mavzular