TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:03 Namangan viloyati hududida zilzila qayd etildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, zilzila epitsentri Toshkent shahridan 215 kilometr janubi-sharqiy yoʻnalishdagi masofada joylashgan boʻlib, oʻchogʻi 10 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,2 ballga teng boʻlgan.
Yerosti silkinishlari kuchi Namangan viloyatida 4 ballni tashkil etgan.