15:31 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
503 0 0

Hafta davomida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kunduz kuni havo 17-20 daraja iliqqacha, janubda va choʻl hududlarida 22 daraja iliqqacha isiydi.

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Oʻzgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida maʼlum berdi.

8 fevral kuni beqaror ob-havo saqlanib turadi, Oʻzbekistonning koʻp qismida havo bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda qor yogʻadi. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

Havo harorati kunduz kuni 10-15 daraja iliqni, eng janubda 17-20 daraja iliqqacha, respublikaning shimolida 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

9 fevral kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida asosan kunning birinchi yarmida yogʻingarchilik boʻladi. Harorat oʻzgarmaydi.

Haftaning oʻrtasida Qozogʻiston hududlaridan yana nam havo massalari oʻtadi va u Oʻzbekistonning shimoliy qismiga kiradi.

10 fevral kuni Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida, 11 fevral kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Termometr ustuni kunduz kunlari 15-17 daraja iliqqacha, janubda 20 daraja iliqqacha koʻtariladi.

12 fevral kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo boʻladi, havo harorati fevral oyiga qaraganda mart oyining oxiri va aprel oyining boshiga koʻproq xosdir. Kunduz kuni havo 17-20 daraja iliqqacha, janubda va choʻl hududlarida 22 daraja  iliqqacha isiydi.

Hafta davomida respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

Asosiy mavzular