10:21 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
154 0 0

Sogʻliqni saqlash vazirligiga birinchi navbatda emlanishi zarur boʻlgan aholi toifasini belgilab, elektron roʻyxatini shakllantirish vazifasi topshirildi.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarurligini taʼkidladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Sogʻliqni saqlash vazirligiga birinchi navbatda emlanishi zarur boʻlgan aholi toifasini belgilab, elektron roʻyxatini shakllantirish, oilaviy poliklinika va qishloq shifokorlik punktlaridagi 3 mingdan ziyod emlash boʻlimlari va qoʻshimcha 800 ta mobil brigada tashkil etish vazifasi qoʻyildi”, - deyilgan xabarda.

Avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Botir Qurbonov 2021 yil yakuniga qadar aholining 20 foizi koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilganini maʼlum qilgan edi.

Uning soʻzlariga koʻra, mart oyida koronavirusga qarshi vaktsina keltiriladi. Bunda birinchi navbatda 85 yoshdan oshganlar, undan keyin 75 yoshdan 84 yoshgacha boʻlganlar, keyingi bosqichda esa 65 yoshdan 75 yoshgacha boʻlganlar emlanadi.

Teglar:
emlash, koronavirus, vaktsina, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular