06:35 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
72 0 0

Aziz Abduhakimov bundan buyon jismoniy tarbiya va sport sohalaridagi islohotlar bilan ham shugʻullanadi - prezident topshirigʻi.

TOSHKENT,  fev - Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi birlashtiriladi, bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishiga koʻra, 10 fevral kuni boʻlib oʻtgan videoselektor majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev sport vazirligi va turizm qoʻmitasi birlashtirilishini maʼlum qilgan.

"Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda turizm rivojlantirish qoʻmitasi birlashtiriladi. Yangi tizimga Aziz Abduhakimov rahbar boʻladi. Chunki tizim islohotlarga muhtoj", - degan prezident. 

Shuningek, Shavkat Mirziyoyev respublikadagi sport majmualarining bugungi faoliyatini tanqid qilgan.

Eslatib oʻtamiz, sport vaziri Dilmurod Nabiyev ushbu yilning yanvarida lavozimidan ozod etilgan edi.

Bosh vazir oʻrinbosari va Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov yaqinda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib saylangan edi. 

Asosiy mavzular