18:14 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
212 0 0

Prezident farmoni bilan “El-yurt umidi” jamgʻarmasining qoʻshimcha vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi.

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, “El-yurt umidi” jamgʻarmasining qoʻshimcha vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi.

Shunga koʻra, mutaxassislarni izlab topish, tanlash va ularning xorijda taʼlim olishini tashkil etish tizimi tubdan qayta koʻrib chiqiladi.

Bunda:

  • ochiq stipendiya tanlovlari asosida xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish dasturlari Jamgʻarmaning asosiy taʼlim dasturlari hisoblanadi;
  • Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlarni saralash tanlovi muntazam ravishda va Oʻzbekistonning barcha fuqarolari uchun ularning respublikadagi ish va oʻqish joyidan qatʼi nazar ochiq tarzda amalga oshiriladi;
  • Jamgʻarma tomonidan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha stajirovkadan oʻtish dasturlari tashkil etiladi.

Jamgʻarma taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlarning ochiq saralash tanlovi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:

- davlat va jamiyat boshqaruvi;

- qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq sohasi;

- taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha tarmoqlari;

- iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari.

Jamgʻarma 2021 yilda ochiq stipendiya tanlovlari asosida yoshlarning nufuzli xorijiy mamlakatlarda bakalavriat dasturi boʻyicha taʼlim olishi uchun 100 ta oʻrin, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun avvalgi yillarga nisbatan oʻrtacha 5 barobar koʻp oʻrin ajratadi.

Asosiy mavzular