23:35 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
43510

Oʻzbekistonda toifalar boʻyicha COVID-19ga qarshi emlash 2021 yil mart oyining birinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoni mart oyining birinchi yarmida boshlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati maʼlum qildi.

“Respublikada toifalar boʻyicha COVID-19ga qarshi emlash 2021 yil mart oyining birinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami boʻlib davolash profilaktika muassasalari qoshida 3138 ta emlash xonalari va 820 ta mobil brigadalar tashkil etilgan, ular barcha emlash ishlarini jadval va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Taʼkidlanishicha, xavf guruhiga kiruvchi aholini emlash ishlari yakunlanishi va respublikaga vaktsina kelishiga binoan qolgan aholi ham emlanadi.

Aniqlik kiritilishicha, hukumat SOVID-19 infektsiyasiga qarshi vaktsina ishlab chiqaruvchi 12 ta yetakchi korxonalar bilan vaktsina xarid qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasini sertifikatlashtirish hamda roʻyxatdan oʻtkazish jarayonini boshlash maʼqullangani xabar qilingan edi. Undan avvalroq esa prezident Shavkat Mirziyoyev aholini COVID-19 ga qarshi emlashni boshlash boʻyicha topshiriq bergan edi.

Teglar:
vaktsina, emlash, koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular