09:28 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
304 0 0

Oʻzbekiston "Sardoba" suv omoborini qayta tiklash tarafdori, lekin Qozogʻiston bunga qarshi. Sunʼiy inshootni qayta tiklash maqsadida muhandislik-qidiriuv ishlari boshlab yuborilgan.

TOSHKENT, 16 fev - Sputnik. Sardoba suv ombori qayta quriladi. Bu boʻyicha hukumat qarori qabul qilingan, deb xabar qilmoqda "Daryo" nashri Qurilish vazirligining Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Nasrullo Boboyevga asosan. 

Xabarda aytilishiga koʻra, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omoborini qayta tiklash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining yopiq (xizmat doirasida foydalanish uchun) qarori qabul qilingan. Ayni damda ushbu qarorga asosan "juda katta hajmdagi muhandislik-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda, xususan, laboratoriya tahlillari olinib, ilmiy-texnik asoslash maqsadida izlanishlar davom etyapti".

"Holat qoʻshni davlatlarga ham taalluqli boʻlgani bois ilmiy oʻrganishlarga nafaqat mahalliy mutaxassislar, balki chet el ilmiy-tadqiqot markazlari ham jalb qilingan. Bunda bir nechta mustaqil ekspertlar guruhi qilingan ishlar natijalarini tahlil qiladi va oʻz xulosalarini beradi. Shundan kelib chiqib, keyingi bosqich ishlari davom ettiriladi", — deb Boboyevning soʻzlarini keltiradi "Daryo".

Eslatib oʻtamiz, 2010—2017 yillarda ulkan mablagʻ evaziga qurilgan Sardoba suv ombori toʻgʻonlaridan biri 2020 yil 1 may kuni yorilishi oqibatida yirik suv toshqini yuz bergan edi. Toshqin oqibatida Oʻzbekiston va qoʻshni Qozogʻistonda minglab uylar suv ostida qolgan edi. Ayni damda Oʻzbekistonda ushbu fojeada aybdorlikda ayblanib qurilish uchun javobgar boʻlgan 17 kishi sudlanmoqda. 

Maʼlumot uchun, Qozogʻiston ushbu suv ombori qurilishi BMT normalariga zid boʻlganini va Qozogʻiston fikri hisobga olinmaganini va bundan buyon Qozogʻiston Sardoba suv omoborini qayta tiklashga qarshi boʻlishini aytib oʻtgan edi. 

Asosiy mavzular