TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. 18-21 fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
18-19 fevralda respublikada shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
19 fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
20-21 fevralda respublikada yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
20-21 fevralda havo harorati kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, kechalari 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.