06:38 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
246 0 0

Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtdi. Bugungi kunda ushbu vaktsinadan 1 mln. doza sotib olish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 17 fev - Sputnik. “Sputnik V” Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtdi, bu haqida Respublikasi Maxsus komissiyasi xabariga asosan OʻzA xabar qilmoqda. 

"Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaktsinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida Oʻzbekistonda sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qoʻllash jarayoniga ruxsat etilgan. Bugungi kunda ushbu vaktsinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar koʻrilmoqda", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek Oʻzbekitonda Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasining “ZF 2001” vaktsinasi sinovlari ham muvaffaqiyatli oʻtmoqda.

Biroz oldin Xitoy kompaniyasi vakili Oʻzbekistonni ushbu vaktsina hammuallif davlati sifatida qayd etilishini maʼlum qilib, vaktsinaga “ZF-UZ-VAC 2001” deb nom berilishini maʼlum qilgan edi.

Eslatib oʻtmiz, Oʻzbekiston koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanishi kerak boʻlgan fuqarolar toifasi belgilangan. Unga koʻra, birinchi navbatda kasalikka chalinish ehtimoli yuqori boʻlgan, keksa yoshli va surunkali kasaligi boʻlgan hamda birlamchi xizmat koʻrsatuvchi kasb egalari: oʻqituvchilar, shifokorlar IIB xodimlari emlanishi belgilangan. Maʼlum boʻlishicha ana shunday kishilar soni respublikada 4,1 mln kishini tashkil qiladi. 

Asosiy mavzular