11:43 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
18910

Toshkentda jamoat transporti uch asosiy toifaga boʻlinadi: bogʻlovchi, yetkazib beruvchi va magistral yoʻnalishlar.

TOSHKENT, 18 fev - Sputnik. Toshkent shahar transport tizimi takomillashtiriladi, bu haqida prezidentning "Toshkent shahar transporti sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisidagi" qarori loyihasida aytib oʻtilgan. 

Yangi transport tizimida quyidagilar joriy etiladi:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi negizida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tashkil etiladi.
  2. Boshqarma tarkibiga “Toshshahartransxizmat” aktsiyadorlik jamiyati va “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi kiritiladi.
  3. Toshkentda jamoat transporti uch toifaga boʻlinadi va maqbullashtiriladi: bogʻlovchi, yetkazib beruvchi va magistral yoʻnalishlar.
  4. Boshqarma huzurida yuridik maqomga ega boʻlmagan “Toshkent shahar transportini rivojlantirish jamgʻarmasi” tashkil etiladi.

Toshkent shahar jamoat transportiga tizimiga kiritilayotgan barcha oʻzgarishlar bilan batafsil quyida tanishish mumkin.

Asosiy mavzular