10:24 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
68210

Prezident Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga masʼul sektor rahbari boʻlgan shahar prokuroriga tanbeh berdi.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni Namangan shahrining Bunyodkor mahallasini borib koʻrdi.

Shavkat Abdurazakov naznachen xokimom Namanganskoy oblasti
Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Bu yerdagi ahvol mahalla nomiga zid. Ichimlik suvi yoʻq, ichki yoʻllar yomon, atrof obodonlashtirilmagan. Mahalla idorasining oʻzi ham harob, bino orqasida chiqindilar yotibdi.

Davlat rahbari mahalla raisi va maslahatchisi bilan muloqotda boʻldi. 

- Sizlar odamlarni uyushtirishingiz, boshqalarga oʻrnak boʻlishingiz kerak. Shu mahallaning egasi-ku sizlar! Moʻmin-musulmon-ku sizlar! Daraxt eksa boʻladimi? Chiqindini tozalatib qoʻysa boʻladimi? Devorni oqlasa boʻladimi? Shunga koʻp narsa kerakmi? Biz mahallaga shuncha eʼtibor qaratyapmiz, katta vakolatlar beryapmiz. Bu holatda qanday islohotchi boʻlasizlar, odamlarni qanday ergashtirasizlar, - deya savollar qoʻydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga masʼul sektor rahbari boʻlgan shahar prokuroriga ham tanbeh berdi.

- Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda oʻtiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yashaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz, - dedi davlat rahbari.

Shu yerga toʻplangan aholi bilan ham muloqot boʻldi. Nuroniylardan biri mahallada ichimlik suvi, tabiiy gaz, ishlab chiqarish korxonasi yoʻqligini, yoʻllar taʼmirga muhtojligini aytdi.

“Men shuning uchun kelganman,” - dedi prezident.

Mutasaddilarga zarur muhandislik tarmoqlarini tortib, mahalladagi sharoitlarni yaxshilash boʻyicha koʻrsatma berildi.

Mavzu boʻyicha

Hosildorligi 3 barobar yuqori: Mirziyoyev Yangiqoʻrgʻondagi bogʻ faoliyati bilan tanishdi
Mirziyoyev Namangan viloyatiga joʻnab ketdi
Namangan viloyatiga hokim tasdiqlandi
Teglar:
mahalla, tanqid, Namangan viloyati, Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular