06:21 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
59 0 0

Qarorga mavofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan grant asosida “Sunʼiy intellekt” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar roʻyxati tasdiqlandi.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Oʻzbekistondagi ayrim OTMlarda Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Bu prezident imzolagan tegishli qarorda koʻzda tutilgan.

Qarorga koʻra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasida Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish departamenti tuzildi.

Tegishli tarkibda Sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma alyans tashkil qilinib, unga jami 200 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi belgilandi. 

2021 yil 1 sentyabrgacha Ochiq maʼlumotlar portali faoliyati doirasida davlat va boshqa maʼlumotlar toʻplamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli maʼlumotlar platformasi yaratiladi.

Qarorga mavofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan grant asosida “Sunʼiy intellekt” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar (5 ta) roʻyxati tasdiqlandi.

“Sunʼiy intellekt” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar roʻyxati
“Sunʼiy intellekt” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar roʻyxati

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini amaliy qoʻllash boʻyicha oʻquv kurslari va fanlarini joriy qilish koʻzda tutilgan OTM roʻyxati (15 ta) tasdiqlandi.

2021 yildan sunʼiy intellekt sohasida stajyor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish uchun har yili 5 kishilik kvota maqsadli ajratiladi.

“Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt” doktorantura ixtisosligi tashkil qilinadi.

Teglar:
OTM

Asosiy mavzular