05:24 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
272 0 0

Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari mamlakat aholisini toʻliq emlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirar ekan, yuzaga kelayotgan masalalar haqida toʻxtaldi.

TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayevning deputatlarga maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston hukumati 8 ta yirik vaktsina ishlab chiqaruvchiga 3 mln dozadan vaktsina xarid qilish boʻyicha murojaat etgan.

"Hozir vaktsina bilan aholini keng qatlamini qamrab olish niyatimiz boʻladigan boʻlsa, birinchidan, buncha miqdorda vaktsinani ishlab chiqaruvchining oʻzi yoʻq. Yoki ishlab chiqaruvchi boʻlganda ham, uni yetkazib beruvchi yoʻq. Hozir dunyodagi sakkizta asosiy vaktsina ishlab chiqaruvchi korxonalar boʻlsa, Hukumat tomonidan har biriga murojaat xatini yubordik. Uch million doza vaktsina olish niyatimiz bor. Shuni (vaktsinani, tahr.) bizga yetkazish muddati va narxi borasida aniq maʼlumot berishlarini soʻrasak, xatimizga birortasi aniq javob bera olgani yoʻq", - dedi Behzod Musayev.

"Sputnik V" Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtdi >>>

Bosh vazir oʻrinbosarining aniqlik kiritishicha, vaktsinalar punktlarga yetkazilganidan keyin qayerdan, qancha miqdorda olingani haqida maʼlumotlar OAVlarga taqdim etiladi. 

Shuningdek, Musayevning qayd etishicha, vaktsina ishlab chiqaruvchilar bilan preparat narxi va yetkazib berilishi muddati borasida aniq kelishuvlarga erishilganidan soʻnggina vaktsina Oʻzbekiston aholisining qolgan qatlamlariga yetkazib berish koʻzda tutilgan.

"Bu haqda kelishuvlar jarayonida qoʻshimcha maʼlumot beramiz", - dedi bosh vazir oʻrinbosari.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
Teglar:
koronavirusning “britancha” shtammi alomatlari, Britaniyada koronavirusning yangi shtammi, koronavirus pandemiyasi, koronavirus, emlash, vaktsina

Asosiy mavzular