O‘zbekistonlik qilichboz Jahon kubogida oltin medal oldi

© fie.orgfextovanie
fextovanie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik qilichboz Oleg Sokolov Finlandiyada bo‘lib o‘tgan musobaqalarda oltin medal sohibi bo‘ldi.

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Finlandiyada bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi musobaqalarida O‘zbekistonlik qilichboz Oleg Sokolov oltin medal sohibi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.

Finlyandiyaning Turku shahrida 18-19 mart kunlari qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichining “V” toifasidagi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini Oleg Sokolov himoya qildi.

AQSh, Rossiya, Germaniya, Italiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Avstriya, Panama, Gonkong, Xitoy Taypeyi, Venesuela va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan 90 nafar sportchi orasida terma jamoamiz a’zosi shamshir (shpaga) bo‘yicha bellashuvlarda barcha raqiblarini ortda qoldirib shohsupaning eng yuqori qismidan joy oldi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

 

Shuni qayd etish kerak-ki, O‘zbekiston qilichbozlari o‘z muxlislarini bunday yuqori natijalar bilan xursand qilish hollari hozircha unchalik ko‘p emas.

Eslatib o‘tamiz, bir necha oy oldin O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasining rahbariyati o‘zgargan edi. Bugungi kunda federatsiyaga Bsh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov boshchilik qilmoqda.

Jahon qilichbozlik federatsiyasiga esa bir necha yildan beri kelib chiqishi O‘zbekistondan bulgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov rahbarlik qilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0