07:59 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Sport
Havola olish
1829190

2018 yilgi Jahon Chempionatining saralov oʻyinlarining 3-bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi Suriyaga 1:0 hisobida yutqazdi

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlar ayni vaqtda ushbu oʻyinga va ayniqsa, milliy terma jamoa oʻyinchilari harakatlariga izohlarga toʻlib toshgan. Bildirilayotgan fikrlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

"Anchadan beri bir narsani uylab yuribman: Bizga futbolni nima keragi bor? Milliard-milliard pul havoga uchyapti! Mayli, Oliy liga qolsin, lekin el qatori pul olsin futbolchi! Zoʻri ana Qatarga, Kitayga borib, katta pul topaversin! Shuncha pulni boshqa foydali tomonga yoʻnaltirilsa toʻgʻri emasmi? Shuncha pulni ilm bilan shugʻullanayotgan yosh olimlarga ixtirosi uchun beraylik! Ilm ahlining uy-joy va boshqa zaruratini qoplashga sarflaylik! Bizda yakka kurash, boks, kurash, sambo, tennis, ogʻir-yengil atletika, tennis zoʻr! Ammo jamoaviy sport turlari — nol!!!", — deb fikr bildirgan Abdulaziz Muborak.

"Ustoz Tohir Malik toʻgʻri aytganlar. Bizni futbolchilarni hammasini boʻyniga omoch taqib, dalaga yer haydatish kerak!", — degan Husan Joʻrayev.

"Xuddi Germaniya bilan oʻynadingga oʻziyam, sharmandalar", — deb yozgan Nurobod.

Aytish joizki, ushbu uchrashuvdagi magʻlubiyat alamini sheʼr qilib toʻkib-sochganlar ham topildi.

"Ikki boʻlim tigʻ ustiga oʻtqazding

Bir biringga arang toʻpni yetkazding

Oxirida baribir gol oʻtkazding

Bundan ortiq jazo bormi birodar?

Hech qayerda bizlarga doʻst xakam yoʻq

Ishqibozni eshitguvchi odam yoʻq

Ishqibozga goldan boshqa malxam yoʻq

Yutqazishdek jafo bormi birodar?

Suriyalik yigilardan nimang kam?
Sal pastga tush juda osmon boʻlsang ham.
Joning tikib chopolmasang oʻlsang ham,
Toʻp tepishdan maʼno bormi birodar?

Murabbiyni yoʻqot soʻzi oʻtmasa,
Asqarjonga qoʻshib xayda ketmasa.
Suriyaga agar kuching yetmasa —

Mundialda balo bormi birodar! — deb yozgan Alisher Navoiy niki ostidagi foydalanuvchi.

"Jamoa oʻyini ustidan portalga shikoyat yozish vaqti keldi menimcha", — deb yozgan Alisher Sultonov.

"Umrim bino boʻlib birinchi bor yurib oʻynasa boʻladigan taktikaning guvohi boʻldim", — deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

"Oʻzbekiston termasi xuddi vaʼdasida turmaydigan yorga oʻxshaydi: na umid qilib boʻladi, na ishonib, na unutib boʻladi va na kechib..!" — Faxriddin Qurbonov fikri.

"Feysbuk ahli!!! Kim 28-da oʻyinga kiradi? Bunday oʻyin bilan Bunyodkor stadionida oʻzbek futbolining koʻmilish marosimiga kim boradi…. Qachongacha umid qilamiz!? Har safar shu — puch yongʻoq. Baʼzi odamlar "Nega Barsa, Realchi boʻlib ketayapsanlar? Oʻzimizni futbolga shunday muxlislik qilmaysanmi?", deydilar. Ana javob! Bir xil stsenariyni koʻraverish hammaning joniga tegarkan", — deb yozgan Sherzod Toshpoʻlatov.

"Menimcha Babayan xozir press-konferentsiyada Luis Enrikega oʻxshab "hali uyalib qolasanlar deyotgan boʻlsaya", — istehzo qilgan yana bir foydalanuvchi.

"Bu shunchaki hazm qilinib ketilaveradigan holat emas. Bugungi magʻlubiyat uchun kimdir javob berishi kerak. Boʻlmasa muxlislar yutayotgan bu alamlar portlaydi… Eng maʼqul qaror bu kamida bosh murabbiy xatolarini tan olib, uzr soʻrab, isteʼfo berishi kerak. Asosiy tarkibdagi futbolchilar esa xalqdan uzr soʻrab, oʻz joylarini yaxshi yugura oladigan va toʻgʻri pas bera oladigan boshqa futbolchilarga boʻshatib berishlari zarur…", — deb yozgan Fizik nikli foydalanuvchi.

Futbol fanatlariga sabr tilagan holda, millionlar oʻyini — futbolga aloqasi bor rahbarlar terma jamoa magʻlubiyati yuzasidan siz muxlislarga izoh berishlariga umid qilib qolamiz.

Teglar:
magʻlubiyat, futbol, Suriya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular