"Paxtakor"ga Bobur Shodiyev prezident etib tayinlandi

© Sputnik / Papikyan / Mediabankka o‘tishStadion "Paxtakor"
Stadion Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov klub prezidentligini tark etdi, u endilikda faxriy prezident hisoblanadi

TOShKENT, 13-may — Sputnik. "Paxtakor" futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, klub vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Bobur Shodiyev klub prezidenti etib tayinlandi.

Futbolniy klub Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
Rahmonbek Usmonov "Paxtakor" klubi rahbariyatida o‘zgarishlarni amalga oshirdi

Klub bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov klub vitse-prezidenti lavozimini egalladi.

"Paxtakor" klubi bosh direktori etib  Dmitriy Adisman tayinlandi.

Eslatib  o‘tamiz, aprelda klub bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy mavsum boshidagi qoniqarsiz natijalardan so‘ng iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlangandi. Hozirda "Paxtakor" O‘zbekiston chempionatida 8-o‘rinda bormoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0