18:28 21 Aprel 2018
Efir
Vыborы prezidenta FIFA

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogi gʻolibiga sovrinni OFK prezidenti topshiradi

© Sputnik / Aleksandr Vilf
Sport
Havola olish
321 0 0

Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa 4 dekabr kuni "Bunyodkor" – "Lokomotiv" oʻrtasida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Kubogi final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatadi

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa 3-5 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida OFK prezidenti bir qator rasmiy uchrashuvlar oʻtkazishi koʻzda tutilgan boʻlib, bu uchrashuvlar davomida Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa respublikada futbolni rivojlantirish va yoshlar orasida yanada ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa 4 dekabr kuni "Bunyodkor" – "Lokomotiv" oʻrtasida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Kubogi final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borib, gʻolib jamoaga Oʻzbekiston Kubogini topshiradi.

9 noyabr kuni Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga asoslangan dasturlar boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, OFK tomonidan milliy assotsiatsiyalarni rivojlantirish dasturi asosida turli loyihalar boʻyicha kelishuvga erishildi.

Jumladan, OFK tomonidan Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida bolalar uchun moʻljallangan mini-futbol maydonchalari barpo etilishiga hamda Respublika Oliy sport mahorati futbol maktabiga qarashli sunʼiy qoplamali maydon toʻlaligicha rekonstruktsiya qilishga jami 600 ming dollar miqdorida mablagʻ ajratiladigan boʻldi.

Asosiy mavzular