O‘FA Ravshan Haydarov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi haqidagi xabarni tasdiqlamadi

© Aziatskaya konfederatsiya futbolaTrener sbornoy Uzbekistana U23 Ravshan Xaydarov
Trener sbornoy Uzbekistana U23 Ravshan Xaydarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi borasidagi har qanday xabar O‘FA saytida rasman chop etiladi

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ayrim OAVlarda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov O‘zbekiston milliy terma jamoasini ham boshqarishi haqida bergan xabarni tasdiqlamadi.

"Ravshan Haydarov O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi borasidagi har qanday xabar saytimizda rasman chop etiladi", deb ma’lum qildi O‘FF matbuot xizmati.

Avvalroq O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati terma jamoa murabbiyi bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichi ketayotganligini, agar u muvaffaqiyatli yakunlansa, yangi murabbiy nomini fevral oxirida e’lon qilish rejalashtirilganligini aytgandi.

Yangiliklar lentasi
0