15:11 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Aziz Abdugafurov posle boya s Dmitriyem Chudinovыm

Azizbek - WBC Silver kamari sohibi yoxud oʻzbek bokschilariga atalgan kecha

© Natsionalnыy olimpiyskiy komitet Uzbekistana
Sport
Havola olish
46121

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Toshkentdagi "Oʻzbekiston" sport majmuasida professional boks boʻyicha jang oqshomi yakuniga yetdi. Unda oʻzbekistonlik bokschilar yaqqol ustunlik bilan gʻalabaga erishdilar.

Boks kechasining asosiy jangi Azizbek Abdugʻafurov va rossiyalik Dmitriy Chudinov oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Oʻn ikki raund davom etgan jangda Azizbek 118-110, 118-110, 117-111 hisobida gʻalaba qozonib,  WBC Silver  kamari sohibiga aylandi.

Bu Azizbekning oʻn birinchi jangdagi oʻn birinchi gʻalabasidir.

Professionalnыy bokser Azizbek Abdugafurov
Skrinshot
Professionalnыy bokser Azizbek Abdugafurov

Unga qadar boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

Birinchi boʻlib ringga chiqqan Jamshid Najmiddinov gruziyalik Anzor Gamgebelini birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi. Anzor uch bor nokdaun holatiga tushganidan soʻng jang toʻxtatildi.

Professional boksdagi debyut jangini oʻtkazgan Bekzod Tursunboyev indoneziyalik Roy Muxlisni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Umid Rustamov gruziyalik David Ribakoniga qarshi ringga koʻtarildi. Jang uchinchi raundda toʻxtatildi. Referi gruziyalik bokschi ikki bor nokdaun holatiga tushib qolganidan soʻng jangni toʻxtatdi. Umid faoliyatidagi toʻrtinchi jangda toʻrtinchi gʻalabasiga erishdi.

Ulugʻbek Sobirov gruziyalik Jorji Ungiadzega qarshi ringga koʻtarildi va ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.

Olim Nazarov gruziyalik Xvicha Gigolashvilini 100-91, 100-90, 100-90 hisobida ochkolar boʻyicha yengdi.

Jasur Ahmadjonov 80:70, 80:71, 80:70 hisobida indoneziyalik Stevi Ongen Ferdinandus ustidan gʻalabaga erishdi.

WBC Silver chempionlik kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov 8 raundlik jangda tanzaniyalik Tvaxa Kidukuga qarshi ringga chiqdi va ochkolar boʻyicha 80:72, 80:72, 80:72 hisobida gʻolib boʻldi.

Asosiy mavzular