15:03 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Spuntik / Stas Etvesh

Moskvada bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida oʻtkazilayotgan “Kelajak sening qoʻlingda” xalqaro futbol musobaqasining final uchrashuvini jonli efirda tomosha qiling.

Oʻzbekiston bolalar uylari terma jamoasi ushbu musobaqada qanday matonat koʻrsatgani haqida oldingi maqolalarimizda aytib bergan edik.

Bugun 16 may soat 12:00 da Moskvadagi "Lokomotiv" stadionida Megafon homiyligida oʻtkazilayotgan “Kelajak sening qoʻlingda” xalqaro futbol musobaqasining finalida Oʻzbekiston va Pokiston terma jamoalari uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Ushbu final uchrashuvini saytimizda Moskva vaqti bilan soat 12:00 da tomosha qiling.

Sputnik muxbiri stadiondan xabar qilishiga koʻra, ayni damda hisob 1:1.

Asosiy oʻyin vaqtida hisob 1:1 bilan yakunlandi. Undan keyin belgilangan penaltilar boʻyicha 5:6 hisobida Oʻzbekiston gʻalaba qozondi. Hal qiluvchi golni Oʻzbekiston jamoasi darvozaboni Sergey Islamov urdi.

Yakuniy hisob 5:6. Oʻzbekiston gʻalaba qozondi. Bosh qahramon — darvozabon Sergey Islamov. Oʻzbekiston Jahon chempioni!

Yana video

Asosiy mavzular