06:33 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Na mejdunarodnom turnire po futbolu Buduщeye zavisit ot tebya

JChning eng yaxshi himoyachisi va hujumchisi - Oʻzbekistondan

Sputnik
Sport
Havola olish
31620

Aziz Esenbayev musobaqaning eng yaxshi himoyachisi, hujumchi Ruslan Kotov esa eng yaxshi hujumchi deb topildi.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Aziz Esenbayev musobaqaning eng yaxshi himoyachisi, hujumchi Ruslan Kotov esa eng yaxshi hujumchi deb topildi.

Oʻzbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida Pokiston ustidan gʻalaba qozonib jahon chempioniga aylandi.

Asosiy oʻyin vaqtida hisob 1:1 bilan yakunlandi. Undan keyin belgilangan penaltilar boʻyicha 5:6 hisobida Oʻzbekiston gʻalaba qozondi. Soʻnggi hal qiluvchi golni Oʻzbekiston jamoasi darvozaboni Sergey Islamov urdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi qurʼaga koʻra Rossiya va Pokiston terma jamoalari bilan birga "A" guruhidan joy olgandi. Oʻzbekistonliklar Pokiston bilan 0:0 hisobida durang oʻynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida magʻlub etib guruhdan chiqishga muvaffaq boʻlishdi.

Chorak final bahsida oʻzbekistonlik futbolchilar Nepal termasini 2:1 hisobida yengishdi.

Yarim finalda Burundi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Jahon chempionlari bilan tanishing: Sergey Islamov, Danil Shaplov, Jahongir Ochilov, Toir Ergashboyev, Ruslan Kotov, Ruslan Karaxanyan, Aziz Esenbayev, Edgar Shamshilov, Salim Son.

Bosh murabbiy — Jamshid Asadov.

Asosiy mavzular