06:30 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
 Ektor Kuper

Oʻzbekiston termasiga argentinalik Ektor Kuper bosh murabbiy boʻlishi mumkin

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Sport
Havola olish
55130

Ektor Kuper Misr termasi jamoasi, shuningdek Ispaniyaning "Valensiya" va Italiyaning "Inter" klublarini boshqargan.

TOSHKENT, 23 iyul — Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi argentinalik mutaxassis bilan kelishuvgacha  portugaliyalik Karlush Keyrush va xorvatiyalik Zlatko Dalich nomzodlari bilan ham muzokaralar olib borgan.

Futbol assotsiatsiyasi Sputnik Uzbekiston muxbiriga ushbu maʼlumotni rasmiy ravishda tasdiqlay olishmadi.

"Hozirgi vaqtda mutaxassis bilan muzokaralar olib borilmoqda", - deb taʼkidlashdi.

Ektor Kuperning soʻnggi jamoasi Misr termasi edi. Bunga qadar, argentinalik murabbiy Argentinaning "Urakan", "Lanus", Ispaniyaning "Malorka", "Valensiya", "Real Betis", "Rasing", Italiyaning "Inter", "Parma", Turkiyaning "Oʻrduspor", Gretsiyaning "Aris", BAAning "Al-Vasl" klublarida, Gruziya terma jamoasida faoliyat olib borgan.

Yaqin soatlar ichida mazkur bitim borasida rasmiy xabar berilishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular