23:31 22 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovыm i Konorom MakGregorom

Xabib VS Konor: jang 2019 yilda boʻlishi tasdiqlandi

AP Photo/John Locher
Sport
Havola olish
114520

Yangi kirib kelgan 2019 yilda UFC ning yengil vazndagi chempionlari oʻrtasida takroriy jang oʻtkazilishi haqida xabar paydo boʻldi

TOSHKENT, 2 yanv - Sputnik. UFC prezidenti Deyn Uayt rossiyalik Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor oʻrtasida takroriy jang boʻlishi mumkin, deya fikr bildirdi, deb xabar berdi Sputnik Qozogʻiston.

Jang 2019 yilda oʻtkazilishi mumkinligi aytilgan.

"Meni fikrimcha, revansh jang 2019 yilda boʻladi. Yigitlar gʻalaba qozonishni istashlari aniq. Hozircha hammasi yaxshi ketyapti, shu bois bu olishuv albatta boʻlib oʻtishi lozim", - degan Uayt.

Xabib Nurmagomedovni Dogʻistonda qanday kutib olishdi >>>
Eslatib oʻtamiz, aralash yakkakurash boʻyicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi oʻtgan yil 6 oktyabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida oʻtkazilgan edi.

Xabib boʻgʻuvchi usulni qoʻllab, gʻalaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanktsiyalari qoʻlanilgan edi.

Asosiy mavzular