02:40 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Kuper i Axmedov na press-konferentsii

Biz Osiyo Kubogiga tayyormiz – Ektor Kuper

© UFA
Sport
Havola olish
363 0 0

Oman bilan boʻlib oʻtadigan oʻyin oldidan Ektor Kuper va Odil Ahmedovlar jurnalistlar savollariga javob berishdi.

TOSHKENT, 8 yanv - Sputnik. Ushbu kunlarda Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi BAAda boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda. Birinchi uchrashuv Ummon jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadi. Muhim uchrashuv oldidan bosh murabbiy Ektor kuper va terma jamoa kapitani Odil Axmedov jurnalistlar savollariga javob berishdi, OʻFA xabari asosida.  

— Ummon terma jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik qanday kechdi?
— Biz nafaqat Ummon jamoasiga qarshi uchrashuvga, balkom butun musobaqaga tayyorlandik. Ummon – bizning birinchi raqibimiz. Uchrashuvga tayyorgarlik yaxshi kechdi. Biz ertaga oʻz imkoniyatlarimizni namoyish qilishga tayyormiz. Albatta, gʻalaba qozonishni istaymiz. 

— Ummon terma jamoasini yaxshilab oʻrganib chiqdingizmi ? 
— Ha, jamoa oʻyinlarini tomosha qildik, lekin hammasi maydonda hal boʻladi. Musobaqada faqat kuchli terma jamoalar ishtirok etmoqda. Ularning barchasi yaxshi natija koʻrsatishni istaydi. Futbolning qiziqligi ham shunda. Ummon jamoasi ham kuchli.

— Ummon jamoasining asosiy darvozaboni maydonga tusha olmaydi. Bu Oʻzbekiston jamoasiga yordam beradimi ?

Odil Ahmedov: - Ha, bu rostdan ham katta yoʻqotish. Meni uni yaxshi bilaman. Agar raqibning ushbu yoʻqotishi bizga qoʻl kelsa – men faqat xursand boʻlaman.

— Janubiy Koreya bilan boʻlgan oʻyindan soʻng, Oʻzbekiston terma jamoasi salkam 50 kun maydonga tushmadi, oʻrtoqlik uchrashulari oʻtkazmadi. Ushbu holat bosh murabbiy Kuperni xavotirga solmayaptimi?

— Yoʻq, solmayapti. Bunday oʻyinlarda jarohat olish xavfi katta. Agar Osiyo kubogida ishtirok etayotgan jamoalar boʻlganida, biz oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazgan boʻlardik, lekin bunday jamoa topilmadi. Jamoaga kelgan bir murabbiy hamma narsani mutlaq oʻzgartira olmaydi. Biz oʻzgartirishga harakat qildik. Yana koʻp narsa qilishga tayyormiz. Hozir imkoniyatlarimizni namoyish qilish vaqti keldi.

— Terma jamoaning jismoniy tayyorlik holatini qanday baholaysiz ?

Odil Ahmedov: - Qaysi jamoa toʻpga koʻproq egalik qilsa – oʻsha yutadi. Shuning uchun biz jismoniy tayyorgarlikka katta eʼtibor qaratdik. Musobaqa davomida bizda muammo boʻlmaydi deb oʻylayman.

Asosiy mavzular