O‘zbekiston – Ummon o‘yinining eng yorqin lahzalari

© Twitter / Official AFC Asian CupMatch mejdu sbornimi Omana i Uzbekistana
Match mejdu sbornimi Omana i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Sharjada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Ummon o‘yini 2:1 hisobida O‘zbekiston g‘alabasi bilan yakunlandi.

 

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Osiyo Kubogi doirasida kecha BAAda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Ummon o‘yini 2:1 natija bilan yakunlandi.

Barcha o‘zbekistonliklarni g‘alaba bilan tabriklagan holda, ushbu o‘yinning eng yorqin lahzalari aks etgan videolavhani e’tiboringizga havola etamiz.

Dastlabki golni O‘zbekiston terma jamoasining yulduzi, bir kun oldin 2018-yilning eng yaxshi o‘yinchisi unvonini olgan Odil Axmedov urdi. Odil 34 daqiqada jarima to‘pini mohirlik bilan raqib darvozasiga yo‘lladi.

Lekin Ummon jamoasi ham bo‘sh kelmadi. Ular ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘yin oxirida maydonga tushirilgan Eldor Shomurodov  86-daqiqada raqibning ikki o‘yinchisidan to‘pni olib o‘tib to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi. Shunday qilib o‘yin 2:1 hisobida yakunlandi.

Qo‘shimcha vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi Yegor Krimes o‘z jarima maydonchasida yo‘l qo‘ygan xatosi uchun qizil kartochka oldi. Endi Krimes keyingi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur.

O‘zbekiston – Ummon bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tgan “Yaponiya – Turkmaniston” o‘yini 3:2 hisobida yakunlandi.

O‘zbekiston jamoasi navbatdagi o‘yinni 13-yanvarda Turkmaniston jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilgi Osiyo kubogi BAAda 5-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bilan bir guruhda Ummon, Turkmaniston va Yaponiya jamoalari ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0