Sardor Rashidov Portugaliya klubi bilan shartnoma imzoladi

© CD NacionalSardor Rashidov v forme portugalskogo "Nasonal"
Sardor Rashidov v forme portugalskogo Nasonal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sardor Rashidov Portugaliyaning "Nasonal" klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi.

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov Portugaliyaning "Nasonal" klubi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar qilmoqda, O‘FA matbuot xizmati.

“O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov endilikda Portugaliyaning "Nasonal" jamoasi sharafini himoya qiladi. Klub o‘z rasmiy saytida Rashidov bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi”, - deyilgan xabarda.

O‘FA xabarida Portugaliya klubi o‘z saytida joylashtirgan ma’lumot ham keltirilgan:

Iste’dodli va jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan Sardor Rashidov asli hujumchi. Lekin u qanotlarda ham muvaffaqiyatli to‘p sura oladi.

SardorRashidovga Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA klublaridan takliflar bo‘lganiga qaramay, u Yevropa klubida o‘ynashga qaror qildi.

Sardor Rashidov haqida qisqa ma’lumot: Tug‘ilgan yili: 14 iyun 1991-yil Bo‘yi: 184 sm, Og‘irligi: 76 kg Avvalgi klubi: "Lokomotiv", Toshkent O‘zbekiston MTJ tarkibida 45ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol kiritgan. Sardor Rashidov ijrosini chiroyli gollar jamlanmasini keltiramiz.

Yangiliklar lentasi
0