08:57 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04

UFC “qiroli” Konor MakGregor hibsga olindi - video

Sport
Havola olish
118510

Mayami-Bich politsiyasining maʼlumotiga qaraganda, Konor MakGregor AQShning Florida shtatidagi “Fontainebleau Miami Beach” mehmonxonasidan chiqib ketayotganida uning muxlislaridan biri telefonida jangchini suratga tushirmoqchi boʻladi.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. AQShning Florida shtatida UFCning sobiq chempioni Konor MakGregor hibsga olindi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, u bosqinchilikda ayblanmoqda.

Mayami-Bich politsiyasining maʼlumotiga qaraganda, Konor MakGregor AQShning Florida shtatidagi “Fontainebleau Miami Beach” mehmonxonasidan chiqib ketayotganida uning muxlislaridan biri telefonida jangchini suratga tushirmoqchi boʻladi. Biroq, MMA jangchisi Konor muxlisning qoʻlidagi telefonini tortib olib yerga tashlagan va bir necha marta telefonni tepgan. Soʻngra telefonni oʻzi bilan olib ketgan.

Biroz vaqt oʻtib huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Konor MakGregorni hibsga olishgan.

Jabrlanuvchining soʻzlariga koʻra, uning telefonining narxi 1000 dollarni tashkil etadi.

Konor MakGregor MMAda 21 marta gʻalaba qozongan va 4 marta magʻlubiyatga uchragan. Oʻtgan yilning oktyabr oyida UFCning yengil vazn toifasidagi jangda rossiyalik Xabib Nurmagomedov ustun kelib, Konorni chempionlik kamaridan mahrum qilgan edi.

 

Asosiy mavzular