20:40 20 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Bokser Baxodir Jalolov

Oʻzbekistonlik bokschining raqibi jangdan bosh tortdi

Natsionalnыy olimpiyskiy komitet
Sport
Havola olish
85210

Oʻzbestonlik professional bokschi Bahodir Jalolov 15 mart kuni oʻzining beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi oʻtkazishi kerak edi.

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Oʻzbestonlik professional bokschi Bahodir Jalolov 15 mart kuni oʻzining beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi oʻtkazishi kerak edi. Biroq jangga 2 kun qolganida raqib oʻzgardi.

Oʻzbekiston Olimpiya qoʻmitasining xabar qilishicha, kolumbiyalik bokschi ushbu jangdan bosh tortgan. Uning oʻrniga Bahodir Jalolovga amerikalik Uilli Xarveyga qarshi bahs olib boradi.

Taʼkidlanishicha, jang sanasi oʻzgarmagan. Raqiblar AQShning Kaliforniya shtatida ringga koʻtarilishadi.

Jalolov shu paytgacha professional boksda 4 bor ringga chiqib, barcha raqiblarini nokaut uchratgan. Xarvey ham 4 bor ringga chiqqan, biroq uning hisobida 1 ta magʻlubiyat bor. Gʻalabalarining uchalasi ham nokaut.

Asosiy mavzular