Xokkey bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi chempioni aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIgroki kluba "Semurg" prazdnuyut pobedu v chempionate Uzbekistana po xokkeyu
Igroki kluba Semurg prazdnuyut pobedu v chempionate Uzbekistana po xokkeyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hal qiluvchi bahsda "Semurg‘"  jamoasi "Binokor"ni 4:1 hisobida yengib chiqdi, seriyalar bo‘yicha umumiy hisob esa 3:2 bo‘ldi.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilgan xokkey chempionatining ilk g‘olibi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Respublikaning eng kuchli ikki jamoasi "Semurg‘"  va "Binokor"orasida bahslar qizg‘inlik bilan davom etdi. So‘nggi damga qadar kim chempion bo‘lishini aniqlash qiyin bo‘ldi. Chempionat doirasida jamoalar 5 marotaba uchrashishdi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKubok chempionov po xokkeyu v Uzbekistane
Xokkey bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi chempioni aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
Kubok chempionov po xokkeyu v Uzbekistane

Aslida “Semurg‘” oldinroq ham chempion bo‘lishi mumkin edi, lekin seriyaning to‘rtinchi o‘yinida “Semurg‘” 2:5 hisobida yutqazib qo‘ydi. Shundan so‘ng beshinchi o‘yin ham o‘tkazishga to‘g‘ri keldi.

Chempionatning eng samarali o‘yinchisi deb “Binokor”ning Javohir Rasulov topildi. Sezonning eng yaxshi xokkeychisi deb ushbu jamoaning yana bir o‘yinchisi Aleksandr Zakirov topildi.

Stolichniy xokkeyniy klub Binokor - Sputnik O‘zbekiston
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining finalchilari aniqlandi

“Semurg‘” jamoasidan esa Sergey Golev – eng yaxshi hujumchi, Konstantin Gavrilenko esa – eng yaxshi himoyachi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi chempionatida jami to‘rt jamoa ishtirok etdi: "Binokor", "Semurg‘", "Toshkent"  va "Xumo". Ayni damda xokkey O‘zbekistonda endi boshlanmoqda. Oldin respublikada xokkeychilar  tayyorlash uchun kerakli sharoitlar ham yo‘q edi. Shuning uchun birinchi chempionatda jamoalar tarkibida Rossiya va Qozog‘istondan taklif qilingan yosh xokkeychilar ham bor.

Mart oyida Toshkentda Xumo Arena ochildi. U yerda Olimpiya talablariga javob beruvchi 2ta xokkey stadioni bor. Bi so‘z bilan aytganda O‘zbekistonda xokkey qayta tug‘ilmoqda.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKomanda "Semurg" prazdnuyet pobedu v chempionate Uzbekistana po xokkeyu
Xokkey bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi chempioni aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston
Komanda "Semurg" prazdnuyet pobedu v chempionate Uzbekistana po xokkeyu

Yangiliklar lentasi
0