O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini Turkiyaning Alaniya shahrida bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Turkiyaning Alaniya shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini mezmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper  - Sputnik O‘zbekiston
Yangi nomlar bor: Ektor Kuper terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Turkiya terma jamoasiga qarshi kechgan bellashuvda Fransiyaning “Lill” klubi himoyachisi bo‘lgan Zeki Chelik o‘yinning 17, 57-daqiqalarda mehmon darvozasini ishg‘ol qilib, Kuper jamoasini mag‘lub etdi.

O‘yinda hisob 17-daqiqada ochildi. Chap qanotdan uzatilgan to‘pni Zeki Chelik bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Turkiyaning ikkinchi golini ham aynan o‘ng qanot himoyachisi Zeki Chelik hisobiga yozildi.

Endi O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDR (7 iyun) hamda Suriya (11 iyun) termalariga qarshi maydonga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0