11:31 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Mahmud Murodovning shiddatli gʻalabasi

© Instagram
Sport
Havola olish
578 0 0

Oʻzbekistonlik Mahmud Murodov Pragada boʻlib oʻtgan OKTAGON MMA turnirida nokaut bilan gʻalaba qozondi.

TOSHKENT, 9 iyun – Sputnik. Maxmud Murodov braziliyalik Udo Alberto Pereyra ustidan mutlaq ustuvorlik bilan gʻalaba qozondi.

OKTAGON MMA turniri doirasida Pragada boʻlib oʻtgan jangda oʻzbekistonlik yakkakurashchi raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Jang Murodovning oʻta shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Raqibini yuriga bergan zarbasidan soʻng qulab tushdi, shundan soʻng Murodov yana 2-3ta zarba berishga ulgurdi, shundan soʻng referi jangni toʻxtatdi.

Maxmud Murodov Tojikistonda tugʻilgan, 2 yoshida oilasi bilan Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan. Murodovlar oilasi Buxoroda yashaydi. Sportga yoshligidan qiziqqan, oʻzining birinchi murabbiyi deb akasi Ruslanni tan oladi. Ayni damda Maxmud Chexiyada yashab kelmoqda.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Makhmud “Mach” Muradov (@makhmud_muradov)

Asosiy mavzular