O‘zbekiston yozgi Universiadadagi ilk medalni qo‘lga kiritdi

Obuna bo‘lish
Italiyaning Neapol shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Universiadaning dzudo bo‘yicha birinchi kun bahslari yakunlandi.

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. O‘zbekiston yozgi Universiadadagi ilk medalni qo‘lga kiritdi.

MOQ xabariga ko‘ra, dzudo bo‘yicha vazni 90 kilogrammdan ortiq polvonlar bahsida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Muhammadkarim Xurramov yozgi Universiadaning bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Muhammadkarim dastlab AQSh, Vengriya, Belarus vakillarini mag‘lub etgan, biroq yarim finalda yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Bronza medali uchun kechadigan bahsda esa polshalik Oleksiy Lisenko ustidan ishonchli g‘alaba qilgan Mahammadkarim O‘zbekiston delegatsiyasiga ushbu universiadadagi ilk medalni taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning Neapol shahrida talabalar o‘rtasida Butunjahon Universiada o‘yinlariga start berilgan.

Yangiliklar lentasi
0