16:00 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Sport
Havola olish
52430

Professional boksda magʻlubiyat nimaligini bilmagan amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer oʻzbekistonlik sportchining MMAdagi chiqishlariga munosib baho berdi.

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Floyd Meyvezer Mahmud Murodovni dunyodagi eng yaxshi MMA jangchisi deb atadi. Bu haqda Instagram᾽da post yozib qoldirgan.

“Dunyodagi eng yaxshi MMA jangchisi”, - deya yozgan Meyvezer va Murodovning suratini joylashtirgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Floyd Mayweather (@floydmayweather)

MMA jangchisi Mahmud Murodov Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.  Murodov Ultimate Fighting Championship (UFC) aralash janglar boʻyicha chempionatda hamda MMAA Arena, XFN, BA kabi turnirlarda ishtirok etadi.

Soʻnggi ikki jangida nokaut bilan raqiblarini yer tishlatdi. U janglarida oʻzining shiddatli zarbalari bilan raqablari dogʻda qoldiradi va tez-tez jahon yulduzlari sahifalarida paydo boʻlib turadi.

Mahmud Murodov Tojikistonda tugʻilgan, 2 yoshida oilasi bilan Oʻzbekistonga koʻchib kelgan. Murodovlar oilasi Buxoroda yashaydi. Sportga yoshligidan qiziqqan, akasi Ruslanni oʻzining birinchi murabbiyi deb biladi.

Floyd Meyvezer – amerikalik professional bokschi. U 50 ta jang oʻtkazgan va biror marta ham magʻlubiyat alamini totib koʻrmagan. Shuningdek, sportchi tarixdagi eng koʻp haq oluvchi bokschi sifatida tan olingan.

Asosiy mavzular