Olga Zabelinskaya oltin medal sohibi bo‘ldi

© press-slujbaVelogonshitsa iz Uzbekistana zavoyevala zolotuyu medal v Berline
Velogonshitsa iz Uzbekistana zavoyevala zolotuyu medal v Berline - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyada ayollar orasida bo‘lib o‘tgan xalqaro velopoygada O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan sportchi Olga Zabelinskaya oltin medal yutib oldi.

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. 31-avgust kuni Germaniyada ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ayollar milliy terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati.

Olga Zabelinskaya viigrala  putevku na chempionat Azii i Olimpiyskie igri - Sputnik O‘zbekiston
Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

“Europakriterium der Bahnfahrer” nomli xalqaro musobaqada 2-o‘rin - germaniyalik Gudrun Stoskga, 3-o‘rin - rossiyalik Tamara Dronovaga nasib etgan.

Velosportchimizning ushbu yutug‘i O‘zbekiston Mustaqilligining 28-yillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Olga Zabelinskaya - rossiyalik eng mashhur velopoygachi ayollardan biri. London va Rio-de-Janeyro Olimpiadalarining bronza va kumush medallari sohibi. 2018-yildan buyon O‘zbekiston bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0