02:03 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
754 0 0

Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari doirasida Oʻzbekiston ilk oʻyinini Falastinga qarshi oʻtkazadi.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Futbol boʻyicha JCH—2022 ikkinchi saralash bosqichi 1-turidan oʻrin olgan Falastin — Oʻzbekiston uchrashuvini xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda OʻFA xabar qildi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ilk oʻyinini safarda Falastinga qarshi oʻtkazadi. Mazkur uchrashuv 5 sentyabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy oʻyinlarini oʻtkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida boʻlib oʻtadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)

Yordamchi hakamlar: Huo Veiming (Xitoy), Vang Detsin (Xitoy).

Zaxira hakami: Arafa Muhammad (Iordaniya).

Nazoratchi: Baskar Purushotaman (Hindiston).

Komissar: Shahir Ahmed (Maldiv).

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston milliy jamoasining JCH-2022 saralashidagi ilk oʻyini – Falastinga qarshi uchrashuv oldidan yigʻinga chaqirilgan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilingani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular