03:21 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Boks boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Sport
Havola olish
463 0 0

Oʻzbekiston bokschilari jahon chempionatida ildam qadam tashlamoqda. Bugun 81 kg vazn toifasida yana bir gʻalaba qoʻlga kiritildi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Oʻzbekiston bokschilari jahon chempionatida ilk gʻalabalarni qoʻlga kiritmoqda, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Boks Federatsiyasi matbuot xizmati.

Bugun boʻlib oʻtgan jangda, Dilshodbek Roʻzmetov mongoliyalik raqibi ustidan gʻalaba qozonib keyingi bosqichga oʻtdi.

“81 kg vaznli bokschimiz Dilshodbek Roʻzmetov moʻgʻulistonlik Shinebayar Narmandaxga qarshi jang qildi va raqibini 5:0 hisobida magʻlub etib, ikkinchi bosqichga yoʻl oldi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz shu kunlarda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha Jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda 79 mamlakatdan 340 dan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda. Sportchilar 8ta vazn toifasida bellashadi. Oʻzbekiston ushbu musobaqada sovrinli oʻrinlar olishga umid qilmoqda.

Asosiy mavzular