17:18 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Skonchalsya zaslujennыy trener Respubliki Uzbekistan Rashid Isyanov

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi Rashid Isyanov vafot etdi

© NOK Uzbekistana
Sport
Havola olish
132 0 0

Gimnastika boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin boʻyicha murabbiyi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi Rashid Isyanov 79 yoshida vafot etdi.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Gimnastika boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin boʻyicha murabbiyi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi Rashid Isyanov 79 yoshida vafot etdi.

Isyanov Rashid Zinnurovich 1940 yil Rossiya Federatsiyasida tugʻilgan. 1963 yil Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan va umrining qolgan qismini mamlakatimizda gimnastika, jumladan trampolin sportining rivojlanishiga, uning taraqqiyotiga bagʻishlagan. Murabbiylik faoliyati davomida koʻplab isteʼdodli sportchilarni tarbiyalagan.

Xususan, yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini eng koʻp (5 marta) himoya qilgan va Pekin Olimpiadasi bronza medali sohibi Yekaterina Xilko ham aynan ushbu murabbiyning shogirdi hisoblanadi. Rashid Isyanov 1985 yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy” unvonini bilan taqdirlangan. U uzoq yillar davomida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida, shuningdek, 1998 yildan 2018 yilgacha hozirgi gimnastika boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi trampolin boʻyicha murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.

Asosiy mavzular