14:04 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Sport
Havola olish
222 0 0

Kelasi 2020 yilning 14 - 31 oktyabr kunlari Oʻzbekistonda U-19 Osiyo chempionati bahslari boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Oʻzbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik – mamlakatimiz kelasi yili boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi qitʼa chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

“Bugun Kuala Lumpurda OFK Musobaqalar qoʻmitasining ilk yigʻilish oʻtkazildi va unda U-19 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida Oʻzbekiston nomzodi maʼqullandi. Shu tariqa, mamlakatimiz oʻz tarixida ilk bor mazkur yosh toifasidagi qitʼa chempionatiga mezbonlik qiladigan boʻldi”, - deyilgan xabarda.

U-19 Osiyo chempionati-2020 bahslari taqvimga koʻra, kelasi yilning 14-31 oktyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular