O‘zbekistonning 5 nafar bokschilari yarim finalga chiqdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishBoks. Chempionat mira. Mujchini. Desatiy den
Boks. Chempionat mira. Mujchini. Desatiy den - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ajoyib beshtalik - besh nafar o‘zbekistonlik bokschilari Yekaterinburgda g‘alabali yurishini davom ettirib yarim finalga chiqishdi.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Kecha Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Boks bo‘yicha Jahon chempionatining 10 kuni muvaffaqiyatli yakunlandi. Besh nafar o‘zbekistonlik bokschilarning barchasi chorak finaldan yarim finalga o‘tishdi, Olimpiya qo‘mitasi xabariga asosan.

Bokser Bobousmon Baturov - Sputnik O‘zbekiston
Besh nafar o‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionati chorak finalida

52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov bolgariyalik Daniyel Asenovga qarshi bahsda yutib chiqdi. Yarim finalda Shaxobiddin fransiyalik Billol Bennama bilan to‘qnash keladi. Bronza medal allaqachon naqd qilingan.

57 kg vazn toifasida ringga chiqqan Miraziz Mirzahalilov qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyev ustidan g‘alaba qozondi. Ikki bokschi ham jangni  yaxshi olib borgan bo‘lsada, hakamlar ochkolar bo‘yicha g‘alabani o‘zbekistonlik bokschiga berishdi.

69 kg vazn toifasida Bobousmon Baturov iordaniyalik Ziyad Iashash bilan jangga kirishdi. Kattalar o‘rtasidagi musobaqada ilk bor qatnashayotgan bo‘lsada, Bobousmon o‘z ustunligini namoyish qildi. Raqib ustidagn g‘alaba qozonib yarim final va bronza medalini naqd qilib qo‘ydi.

Shaxobiddin Zoirov (Uzbekistan) v poyedinke 1/8 finala po boksu v vesovoy kategorii 48-52 kg na XX chempionate mira po boksu v Yekaterinburge. - Sputnik O‘zbekiston
Shahobiddin Zoirov raqibidan ustun keldi

81 kg vazn toifasida Dilshodbek Ro‘zmetov ozarbayjonlik Loren Alfonsoga qarshi bahs olib bordi. Bokschilar muxlislarga 3 raund ajoyib jang namoyish qilib berishdi. Hakamlarning yakuniy qarori bilan 20 yoshli vakilimiz jahon chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi.

91+ kg, ya’ni eng og‘ir vazn toifasidagi jangda Bahodir Jalolov AQSh vakili Richard Torres bilan uchrashdi. Jangda o‘zbekistonlik bokschi mutlaq ustunlik namoyish etdi. Birinchi raund davomida Jalolovning chap qo‘lda yo‘llagan ajoyib zarbasidan keyin amerikalik bokschi uzoq vaqt o‘rnidan tura olmadi.

Eslatib o‘tamiz, yarim final janglari 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0