11:46 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Bekzod Nurmatov

Oʻzbekistonlik MMA jangchisi Grozniyda vafot etdi

© Foto: press-slujba Minoboronы Uzbekistana
Sport
Havola olish
596 0 0

Oʻzbekistonlik taniqli MMA jangchisi Bekzod Nurmatov Grozniyda boʻlib oʻtgan jangdan 3 kun oʻtib vafot etdi.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Oʻzbekistonlik MMA jangchisi Bekzod Nurmatov Grozniyda vafot etdi deb xabar qilmoqda Sports.uz sahifasi.

Xabarda aytilishiga koʻra, Checheniston poytaxtida boʻlib oʻtgan "ASA 100" turnirida ishtirok etgan. Soʻnggi jangda Nurmatov rossiyalik Beslan Isayev bilan bellashgan va ochkolar boʻyicha yutqizgan. Jangdan 3 kun oʻtib u miyaga qon quyilishidan vafot etgan. 

Bekzod Nurmatov Oʻzbekistonda mashhur sportchi boʻlgan. U qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempioni boʻlgan. Ushbu yilning boshida Nurmatov Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan “Batыr bashi” IV etnografik turnirida Gran-pri sohibi boʻlgan edi.MMA janglarida Nurmatov 11ta gʻalaba va 2ta magʻlubiyatga erishgan. 

Asosiy mavzular