01:32 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Sprava nalevo: Kerolayn Veyre (Kanada) i Yodgoroy Mirzayeva (Uzbekistan)

Gʻalaba, magʻlubiyat va norozilik: Mirzayeva JChning yarim finaliga chiqdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Sport
Havola olish
344 0 0

Yodgora Mirzayeva boks boʻyicha jahon chempionatining keyingi bosqichiga oʻtishga muvaffaq boʻldi. Tursunoy Rahimova magʻlubiyatga uchradi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Ulan-Udeda oʻtkazilayotgan boks boʻyicha jahon chempionatida oʻzbekistonlik bokschi Yodgora Mirzayova kanadalik bokschi Kerolayn Veyre ustidan gʻalaba qozondi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Vazni 57 kilogacha boʻlgan bellashuvni oʻzbekistonlik sportchi 4:1 hisobda gʻalaba bilan yakunladi. Endi Mirzayeva musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etadi.

Magʻlubiyat va norozilik

Tursunoy Rahimova esa xitoylik Zonju Kaiga magʻlub boʻldi. Biroq Oʻzbekiston milliy jamoasining bosh murabbiysi Kamoliddin Mutalov Oʻzbekiston terma jamoasi hakamlar qaroridan norozi ekanligini bildirdi.

Sleva napravo: Tursunoy RAXIMOVA (Uzbekistan) i Zondju Tsay (Kitay)
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Sleva napravo: Tursunoy RAXIMOVA (Uzbekistan) i Zondju Tsay (Kitay)

“Rahimova hisob boʻyicha yuz foiz gʻalaba qozondi. Hakamlar gʻalabani raqibiga berishmoqda, bunday mumkin emasku! Jang tengma-teng ham boʻlgani yoʻq, hisob esa 4:1. Sportchimiz hammasini talab darajasida bajardi, biz undan mamnunmiz. Biz hakamlar qaroridan norozimiz va protest kiritdik”, - deb taʼkidladi Mutalov.

Asosiy mavzular