06:36 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Rossiyskiy boyets smeshannogo stilya Fedor Yemelyanenko nokautiroval amerikantsa Cheyla Sonnena

Imperatorning uchta jangi: Yemelyanenko amerikalik jangchiga qarshi chiqadi

AP Photo/Gregory Payan
Sport
Havola olish
235 0 0

Fyodor Yemelyanenko Yaponiya, Yevropa va Moskvada jang oʻtkazadi. Birinchi jang amerikalik sportchiga qarshi boʻladi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Rossiyalik MMA jangchisi Fyodor Yemelyanenko xayrlashuv safari doirasida uchta – Yaponiyada, Yevropa va Moskvada jang oʻtkazadi. Sport RIA Novosti xabariga asosan.

Bu haqda Bellator kompaniya promouteri Skott Koker maʼlum qildi.

Tokioda oʻtkazilgan matbuot anjumanida 43 yoshli Fyodor Yemelyanenko karyerasini yakunlash haqida oʻylayotgani va xayrlashuv safarini Koker bilan muhokama qilganini aytdi.

Soʻnggi Imperator 29 dekabrda Yaponiyaning Saytame shahrida amerikalik sportchi Kuinton Jekson bilan jang oʻtkazadi.  

“Biz uchta jangga kelishdik, bu xayrlashuv safari doirasida yangi shartnoma boʻyicha birinchi jang boʻladi. Janglar Yaponiyada, Yevropada va Moskvada boʻladi”, - dedi Koker.

Asosiy mavzular