06:28 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
24010

Yugurishni 5 kilometrdan boshlagan sportchi, vaqt oʻtib, 10 va 21 kmlik masofalarni ham "zabt etadi". 1983 yil Shahrisabzda esa 42 kilometrga yugurgach, Oʻzbekiston tarixida birinchi marafonchi ayol nomiga sazovor boʻlgan

TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Yugurish - bu tana salomatligi. Yugurish - bu yashash, dedi Samarqandda oʻtkazilgan xalqaro yarim marafon tadbiri davomida Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda Oʻzbekistonning birinchi marafonchi ayoli Lyudmila Muzafarova.

Yetmish yoshni qarshi olgan Lyudmila Muzafarova yettinchi sinfdan boshlab yengil atletika bilan shugʻullangan. "Tezlikka qiziqishim kuchli edi", deydi u.

Yugurishni 5 kilometrdan boshlagan sportchi, vaqt oʻtib, 10 va 21 kmlik masofalarni ham "zabt etadi". 1983 yil Shahrisabzda esa 42 kilometrga yugurgach, Oʻzbekiston tarixida birinchi marafonchi ayol nomiga sazovor boʻlgan.

Muzafarovaning aytishicha, yaqinda, sentyabr oyi oxirida Moskvada oʻtkazilgan marafon musobaqasida ikkinchi oʻrinni egallagan va oradan bir hafta oʻtib, Moskva viloyati Korolyov shahrida yarim marafon musobaqasida qatnashib, birinchilikni qoʻlga kiritgan.

Aytishicha, organizmi toʻliq oʻzini tiklab olishga ulgurmagani tufayli, Samarqanddagi xalqaro xayriya yarim marafonida 10 kmlik masofaga yugurishga qaror qilgan.

Oʻzbekistonning yetmish yoshli faxriy sportchisi barcha yoshlarga sportga muhabbatli boʻlish, mehnatsevar va tirishqoq boʻlishlikni tiladi. "Sport bu sogʻlik, sport - bu hayot, sport - bu harakat. Yuguring, hammadan birinchi boʻling", deya xayrlashdi u.

Asosiy mavzular