15:08 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Sport
Havola olish
359 0 0

Oʻzbekistonda ilk bor yangi aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi tashkil qilindi. Unga prezidentning kenja kuyovi rahbar etib saylandi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda yangi aralash jang sanʼati assotsiatsiyasi tashkil qilindi.

Mazkur assotsiatsiya prezidentligiga nomzodlar orasida eng koʻp ovoz toʻplagan Otabek Umarov saylandi. Bu haqda assotsiatsiyaning Instagram’dagi sahifasida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, assotsiatsiyaning saylangan rahbari GFC XX musobaqasida ishtirok etadigan sportchilar bilan uchrashib, mashgʻulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Otabek Umarov (@otabek_muhammadalievich)

Otabek Umarov rahbarlik qilish maʼsuliyati unga ishonib topshirilgani uchun oʻz minnatdorligini izhor etgan.⠀Yangi aralash jang sanʼati federatsiyasi tashkil etilishi bilan endi oʻzbekistonlik sportchilar oʻzlarini koʻrsatish uchun katta imkoniyatga ega boʻlganliklarini taʼkidlagan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati boshligʻi oʻrinbosari Otabek Umarov Oʻzbekiston triatlon federatsiyasida ham rahbar sifatida faoliyat olib boradi.

Asosiy mavzular