11:06 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
300 0 0

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasini tayyorladi.

TOSHKENT, 14 noya – Sputnik. “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasida Oʻzbekiston Respublikasida professional futbolni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilash takliflari bayon etilgan:

- bolalar va oʻsmirlarni futbol bilan shugʻullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, bu borada umumtaʼlim maktablari, boshqa taʼlim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol boʻyicha musobaqalarni muntazam ravishda tashkil etish;

- yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (selektsiya) tizimini tubdan takomillashtirish, ularni bosqichma-bosqich professional tayyorgarlikdan oʻtkazib borish orqali futboli rivojlanayotgan davlatlarning yetakchi klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish;

- futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va ularni ragʻbatlantirish, futbol sohasini bozor mexanizmlari asosida boshqarish, futbol klublarini xususiy sektorga oʻtkazish hamda ular orasida sogʻlom sport raqobati muhitini yaratish;

- futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yoʻlga qoʻyish orqali “oʻzbek futboli” brendini yaratish.

- xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish orqali Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazini tashkil etish;

- xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq 2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni taʼminlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish;

Shuningdek, qaror loyihasida 2021 yil 1 yanvardan boshlab, xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish bayon etilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar futbol faoliyati bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar tomonidan bukmekerlik faoliyati bilan shugʻullanish, totalizator oʻynash, oʻyinga yoki uning natijasiga taʼsir oʻtkazish maqsadida kelishilgan oʻyinlar oʻtkazish, ularda ishtirok etish yuzasidan javobgarlikni belgilash boʻyicha Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin”, - deyilgan loyihada.

Qaror ilovasiga Oʻzbekistonda futbolni 2030 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish kontseptsiyasi ilova qilingan.

Asosiy mavzular