O‘zbek bokschisi Shohjahon Ergashev amerikalikka qarshi ringga chiqadi

© AP Photo/Frank Franklin IIUzbekskiy bokser Shoxjaxon Ergashev
Uzbekskiy bokser Shoxjaxon Ergashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bokschi 2020-yilning 10-yanvar kuni amerikalik Kit Xanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqadi.

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. O‘zbek bokschisi Shohjahon Ergashevning navbatdagi janggi muddati va raqibi ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda GoSport.

Shohjahon Ergashev kelajakdagi rejalari va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi_video - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev kelajakdagi rejalari va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) 2020-yilning boshida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. O‘zbekistonlik bokschi 2020-yilning 10-yanvar kuni amerikalik Kit Hanterga (11-0, 7 KO) qarshi ringga chiqadi.

Jang Nyu-Jersi shtati markazi Atlantik Siti shahrida bo‘lib o‘tadi. 12 raunddan iborat jang g‘olibi ayni vaqtda Mario Barrios (25-0, 16 KO) egalik qilayotgan WBA’ning WBA Regular chempionlik kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Kit Hanter faoliyati davomida 11 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 10-jangida u o‘zbekistonlik boshqa bir bokschi Sanjar Rahmonovga (12-2-1, 6 KO) qarshi ringga chiqib, hakamlarning qarori tufayli g‘olib chiqqandi. O‘shanda 2 raundda Sanjar Rahmonov nokdaun holatiga tushgani uchun hisob ochilgan, biroq ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, hakamlarning yakuniy qarori bahsli bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0