Nurmagomedov va Ferguson o‘rtasida jang sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi

© AP Photo/John LocherPrezident UFC Dana Uayt stoit mejdu boysami Toni Fergusonom i Xabibom Nurmagomedovim. Arxivnoe foto
Prezident UFC Dana Uayt stoit mejdu boysami Toni Fergusonom i Xabibom Nurmagomedovim. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik chempion Habib Nurmagomedov va amerikalik janchi Toni Ferguson ishtirokidagi jangi Nyu-Yorkda o‘tkaziladi.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. UFC chempioni Habib Nurmagomedov 2020-yil 18-aprelda amerikalik jangchi Toni Ferguson bilan jang o‘tkazadi. Bu haqda Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz o‘z Twitter akkauntida ma’lum qildi.

Menejer o‘z tvitida Nurmagomedov imzolagan shartnoma suratini ilova qilgan. Unda raqib ismi  va jang sanasi ko‘rsatilgan.

“Chempion Toni Ferguson bilan jang o‘tkazish shartnomasini imzoladi. Jang 18-aprelda o‘tkaziladi. Burgut yana bir bor Bruklinda qo‘nadi. Bu barchasi muxlislar uchun”, - deb yozgan sportchining menejeri.

Ilgariroq, UFC rahbari Dana Uayt katta musobaqa Nyu-Yorkdagi Barclays Center arenasida o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Abu-Dabida 7-sentabrda Habib Nurmagomedov amerikalik Dastin Puarye ustidan g‘alaba qozonib, yengil vaznda chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0