05:00 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Sport
Havola olish
192 0 0

Mahmud Murodov raqibi jarohat olgani tufayli 14 mart kuniga rejalashtirilgan MMAdagi uchinchi jangini bekor qildi.

TOSHKENT, 14 yanv - Sputnik. Aralash jang sanʼati (MMA) boʻyicha oʻrta (-84 kg) vazn toifasiga ega boʻlgan oʻzbekistonlik sportchi Mahmud Murodovning UFCdagi uchinchi jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchining oʻzi instagramdagi sahifasi orqali maʼlum qildi. 

Rejaga koʻra, Mahmud Murodov MMAning eng nufuzli turniri boʻlgan UFCdagi uchinchi jangida braziliyalik Antonio Karlos Juniorga (10-4) qarshi ringga chiqishi, jang 14 mart kuni Braziliya shahridagi “Ginásio Nilson Nelson” arenasida boʻlib oʻtishi kerak edi.

Ammo sportchining bu galgi raqibi mashgʻulotlar vaqtida jarohat olganligi bois u rejalashtirilgan jangda qatnasha omaydi. 

Sportchining maʼlum qilishicha, ayni damda uning vakillari UFC bilan keyingi jang boʻyicha muzokara olib borishmoqda. Tez orada bu haqda uning oʻzi maʼlum qilishini bildirgan.

Asosiy mavzular